Mazkur maqola Po‘latjon Qayyumiyning “Tazkirai Qayyumiy” asaridagi o‘rin olgan №3-16-fiqralarning tazkira qo‘lyozma va nashri o‘rtasidagi matniy-qiyosiy tadqiqiga bag‘ishlangan. Qiyoslash tazkiraning nashr variantlari o‘rtasida amalga oshirildi. Tabdil nashrdagi imloviy o‘zgarishlar, uslubiy g‘alizliklar, xato berilgan ma’lumotlar, tabdilda tushirib qoldirilgan o‘rinlar, akademik Aziz Qayumov t...